Kontent qismiga oʻtish

Verdikt

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Verdikt (lot. vere dictum — haq ran aytish) — ayrim xorijiy mamlakatlarda qasamyod etuvchi maslahatchilar (prisyajniylar)ning ayblanuvchi aybdor yoki aybdor emasligi toʻgʻrisidagi xulosasi. Qasamyod etuvchilar V.i ular hayʼati (kollegiyasi) tomonidan ayrim masalalar, ishlar boʻyicha, jumladan, shaxsning aybdor yoki aybdor emasligi haqidagi asosiy masala yuzasidan chiqariladi. Hayʼat muhokama davomida belgilangan muddatda yakdil qarorga erishmagan takdirda, aybdorlik V.i qasamyod etuvchilarning koʻpchiligi 3 asosiy savolining har biriga aybdorlikni tasdiqlovchi javoblar uchun ovoz bersa; jazodan ozod qiluvchi aybsizlik V.i qasamyod etuvchilarning 6 nafardan koʻprogʻi 3 asosiy savol boʻyicha aybdorlikni rad qiluvchi qaror chiqargan taqdirda qabul qilinadi. Qolgan 2-darajali savollar boʻyicha qaror qasamyod etuvchilarning oddiy koʻpchiligi tomonidan belgilanadi, ovozlar teng boʻlsa, ayblanuvchi foydasiga qaror chiqariladi. V. chiqarish uchun savollar aniq boʻlishi, ularga faqat "ha, aybdor" yoki "yoʻq, aybdor emas", deb javob berilishi shart.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil