Verbal nota

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Verbal nota (lot. verbalis — ogʻzaki) — diplomatik hujjat, kundalik masalalarga doir diplomatik yozishmalarning keng tarqalgan shakli; odatda, elchixona, missiya, tashqi ishlar mahkamasi nomidan 3-shaxsda yoziladi, imzo qoʻyilmaydi, faqat muhr bosiladi. Diplomatik tajribada V. n. dan ogʻzaki bayonot sifatida ham foydalaniladi. U shaxsan topshiriladi yoki kurer orqali yuboriladi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil