Vena toʻgaragi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Vena toʻgaragi - falsafiy toʻgarak, mantiqiy pozitivizm asoslarini ishlab chiqqan. 1922 y. Vena sh.da vujudga kelgan. Asoschilari — M. Shlik, O. Neyrat, F. Kaufman, K. Gyodel va b. 1926 y.dan — R. Karnap. V.t.ning falsafiy konsepsiyasi E. Max, L. Vitgenshteyn, B. Rassel hamda oʻtmishdagi falsafaning empirik va ratsionalistik, panlogistik anʼanalari taʼsirida shakllandi va subʼektiv idealizmning koʻrinishi sifatida namoyon boʻldi. V. t. falsafiy muammolarni formal mantiq bilan bogʻlashga, fan tilini mantiqiy tahlil qilishga urindi. Matematik mantiq apparati tahlil qilish vositasi sifatida taklif etildi. Tadqiqot uslubi sifatida V.t. olgʻa surgan mantiqiy empirizm empirizmni ratsionalizm bilan birlashtirishga urinish edi. V.t. 1939 y.gacha faoliyat koʻrsatdi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil