Vena kongressi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Vena kongressi (1814-15) -Napoleon I armiyasi tor-mor etilgach, gʻolib davlatlar Vena sh.da oʻtkazgan anjuman. V. k.da Turkiyadan tashqari barcha Yevropa davlatlari qatnashgan. Maqsad — Napoleon I urushlari natijasida barham topgan tartiblarni va bir necha mamlakatlarda mustabid sulolalarni qayta tiklash, bopapartchilik tuzumiga, inqilobiy harakatlar hamda yangi urushlarga yoʻl qoʻymaslik, gʻolib davlatlarning hududiy daʼvolarini qondirish kabi masalalarni koʻrib chiqishdan iborat edi. V.k.da Fransiyaning yangi chegarasi tortishuvsiz belgilandi. uning uchun anchagina yengil sulh shartnomasi tuzildi. Avstriya, Angliya, Ispaniya, Portugaliya, Prussiya, Rossiya, Fransiya, Shvesiya yakunlovchi bosh hujjatga imzo chekishdi. Unga koʻra, Fransiya bosib olgan yerlaridan ajraldi. Belgiya va Gollandiya Niderlandiyaga birlashtirildi, Shveysariya chegarasi kengaytirilib, betaraf davlat deb eʼlon qilindi. Angliya Gollandiya va Fransiya mustamlakalarini oʻz tasarrufiga oldi. Polsha qirolligi Rossiyaga oʻtdi, german davlatlaridan iborat German ittifoqi tuzildi, Avstriyaga Italiyaning talay hududlari olib berildi va h.k.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil