Vena klassik maktabi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Vena klassik maktabi - 18-asr ning 2-yarmi va 19-asrning boshida Venada musiqa sanʼatida qaror topgan ijodiy yoʻnalish. Asoschilari — Y. Gaydnva V. Motsart. L. Betxoven ijodi V. k. m.ning soʻnggi va yuksak davrini tashkil qiladi. Operada isloh boshlagan X. Glyuk (1714—87) ijodi ha.m shu oqim bilan bogʻliq. Maʼrifatparvarlik va Buyuk Fransiya inqilobi gʻoyalari taʼsirida shakllangan bu yoʻnalishning muhim ijodiy belgilaridan kelajakka ishonch, voqelikni taraqqiyot jarayonida koʻrsatish, insonparvarlik va xalqchillik boʻlgan. V. k. m. kompozitorlari professional va xalq musiqasi rivoji tajribasini umumlashtirdilar. universal musiqa tilini ishlab chikdilar. Ularning ijodida simfoniya, sonata, konsert, kvartet kabi janrlar oʻzining mumtoz shaklini topdi. yangi xildagi opera hamda simfonik orkestrlari vujudga keldi va opera janri islohqilindi. V. k. m. musiqa tarixida eng muhim davrlardan biri hisoblanadi; musiqa sanʼatining keyingi rivojiga barakali taʼsir koʻrsatib, turli milliy kompozitorlik maktablari yuzaga kelishida muhim rol oʻynab kelmoqda.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil