Vena arbitrajlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Vena arbitrajlari (1938 va 1940) — Germaniya bilan Italiya oʻrtasida Chexoslovakiya va Ruminiyaga tegishli hududning bir kismini Vengriyaga olib berish toʻgʻrisida Vena sh.da (Avstriya) qabul qilingan qarorlar. Vengriya Chexoslovakiyaning vengerlar yashaydigan qismini talab qilib chiqqanligi munosabati bilan V.a. qarorlariga (1938 y. 2 noyabr va 1940 y. 30 avg .) binoan Slovakiya va Zakarpate Ukrainasining jan. tumanlari, shuningdek Shim. Transilvaniya Vengriya tasarrufiga berildi. Parij sulh shartnomasiga (1947 y. 10 fevral) koʻra V. a. oʻz kuchini yoʻqotdi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil