Velum

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Velum (lot. velum — yelkan) — ayrim umurtqasiz hayvonlarning harakatlanish organi. Gidromeduzalar va sifonoforalarning meduozoid zooidlarida bu organ ektodermaning soyabon chetida joylashgan muskulli burmasi hisoblanadi. Bunday burmalar tananing ichki tomoniga yoʻnalgan. Meduza tanasi va V. qisqarganida suv soyabondan surib chiqarilishi tufayli meduza aboral tomoni bilan oldinga harakat qiladi. Kubomeduzalarning analogik organi velyarium, qorinoyoqlilar va ikki pallali mollyuskalar lichinkalarini esa veliger deyiladi. V. ikki boʻlakli yoki toq organ, boshida joylashadi, uzun kipriklari boʻladi. V. suzish va oziq zarralarni ogʻizga haydash uchun xizmat qiladi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil