Veliger

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Veliger, yelkancha (lot. velum — yelkan va gerum — olib yuruvchi) — koʻpchilik qorinoyoqpilar va ikki tavaqali mollyuskalarning pelagik lichinkasi. V. bir xil turlarda tuxumdan chiqadi, boshqalarida troxora lichinkasidan paydo boʻladi. V.ning velumi, oyogʻi, ichagi, koʻzlari, muvozanat organlari (statotsiyetlar), chigʻanoq bezlari boʻladi. Chigʻanoq bezlari ishlab chiqaruvchi lichinkali chigʻanogʻi (protokonxa) ichiga V. tanasining oldingi qisan boshqa organlari va organlar sistemasi kirib turadi. Baʼzi V.lar suv qaʼrida uzoq vakt suzib yuradi va suv oqimi bilan uzoq masofaga tarqalib ketadi. V. suv tubiga choʻkkach, voyaga yetgan mollyuskaga aylanadi. Chuchuk suv mollyuskalari orasida faqat dreyssenalarning V. lichinkasi boʻladi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil