Veber apparati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Veber apparati (nemis olimi E. G. Veber nomi bilan atalgan) — ayrim suyakli baliqlarda suzgich pufagini ichki quloq bilan bogʻlab turadigan, oʻzaro harakatchan tutashgan 4 juft suyakchalar. V. a. suzgich pufagi (tovush rezonatori) hajmining oʻzgarishini qabul qilib, uni transformatsiya qiladi va ichki quloqqa oʻtkazadi. V. a.ga ega boʻlgan karpsimonlar, laqqalar, haratsinsimonlar 13 kGs gacha, bu apparatga ega boʻlmagan baliqlar faqat 2,5 kGs gacha chastotali tovushlarni eshita oladi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil