Vazir Ven Tyansyan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ven Tyansyan — tarixda mashhur vazir boʻlib, u Szyansidandir. Ven bolaligidan boshlab vatanga sadoqat haqidagi kitoblarni oʻqishni yoqtirgan va kitobdagi qahramonlardan oʻrnak olgan. Xubilay Yuan sulolagiga asos solib, Nankinga hujum qildi va Linv (Janubiy Sun poytaxti, hozirgi Xanchjou) yaqiniga keldi. Janubiy Sun hukumati imperiyani qutqarish uchun shoshilinch ravishda lashkarlikka odamlarni ola boshladi Ven Tyansyan Szyansida koʻp minglik koʻngillilar qoʻshinlarini toʻpladi va Linanga yurish uchun tayyorgarlik koʻrdi. Doʻstlaridan biri undan soʻradi: „Sen shoshiilinch ravishda toʻplagan qoʻshinlar bilan Yuan qoʻshinlariga qarshi jang qilishga ketyapsan, bu qoʻy podasi yoʻlbars bilan kurashishga haydash bilan tengdir“. Bunga Ven Tyansyan javob berdi: „Mamlakat xavf ostida, uni hech kim himoya qilishni istamayapti. Buni anglash juda ogʻir-ku? Men tushunaman, agar mening kuchlarim katta boʻlmasa ham, lekin, men oʻz vatanimga jonimni berishga tayyorman“. Imperator uchun ta'ng bo'lgan holatda hukumat Ven Tyansyanni birinchi vazir etib tayinladi va uni muzokaralar olib borish uchun yubordilar. Yuan qo'shinlari uni asirga oldilar. Biroq Daduga ketish yo'lida u asirlikdan qochdi. Yuan qo'shinlari hujumini qaytarish uchun u Fuchjou va Guandunda yana qo'shin to'pladi, lekin kuchlar teng emas edi. Ven asirga tushdi va uni Daduga olib keldilar. Tyansyan uch yil asirlikda o'tirdi, biroq dushmanga bo'ysunmadi.Yuan sulolasining asoschisi Xubilayning shaxsan o'zi uni ko'ndirishga urindi:"Men sening sodiqligingni tushunaman. Agar sen o'z qaroringni o'zgartirsang, men seni vazir qilib tayinlayman, sen keyin birinchi vazir bo'lasan". Ven javob berdi:"Sun sulolasi endi halok bo'ldi, men faqat o'limni iltimos qilaman, mening mening boshqa gapim yo'q". 1283-yilda u 47 yoshida vafot etdi. U qamoqxonada unutilmas "Ko'tarinkilik ruhi" nomli she'rni yozgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

[1]

  1. Nosirova, S.. Vazir Ven Tyansyan. TOSHKENT: EXTREMUM PRESS, 2018 — 130 bet.