Vayyan-kutyure Pol
Qiyofa
Vayyan-kutyure Pol (1892.8.1 -Parij — 1937.10.10) — fransuz yozuvchisi. Birinchi jahon urushida qatnashgan. "Koʻrlar bazmi" (1927) hikoyalar toʻplami va "Iyul ota" (1927) fojiaviy komediyasida jamiyatdagi hukmdan tabaqa hayotining salbiy tomonlari tanqid qilingan. V.-K. 1931 yilda Oʻzbekiston va Tojikistonda boʻlgan. "Temur yurtida" umumiy nom ostida ocherklar toʻplamini nashr ettirgan (1932). Bunda Oʻzbekiston va Tojikiston xalklari, ularning urfodatlari, marosimlari, oʻzbek adabiyoti haqida maʼlumotlar beriladi. "Toshkentda shoirlar kechasi" nomli ocherkida oʻzbek ijodkorlari Gʻ. Gʻulom, H. Olimjon va b. bilan muloqotda boʻlganligi haqida yozadi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |