Vatman

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Vatman (ingl. Whatman) — tushda chizmalar va rasmlar chizish uchun moʻljallangan sifatli chizmachilik qogʻozi. Latta-puttaga maxsus eritmada ishlov berib tayyorlanadigan massa (boʻtqa)dan tayyorlanadi.

18-asrda yashagan ingliz sanoatchisi J. Vattman (Uotmen) yaratgani uchun uning nomi berilgan. Vatman qog'ozi tezda akvarel-rassomlar orasida o'z muxlislarini topdi. Ayniqsa Geysboro tomonidan yuqori baholangan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil