Vasiliy Vilyams
Qiyofa
Vasiliy Robertovich Vilyams (1863.27.9 - Moskva - 1939.11.11) - tuproqshunos olim va agronom, akademik (1931). VASXNIL akademik (1935). Ilmiy ishlari agronomik tuproqshunoslik masalalariga, tuproq paydo boʻlish jarayonlariga bagʻishlangan. V. oʻsimlik bilan tuproq orasida moddalar almashinuvi, migratsiyasi, tuproq unumdorligida biologik omillarning roliga oid nazariyalarni yaratdi. Dehqonchilikning oʻt-dalali almashlab ekish tizimini ishlab chikdi, organik va mineral oʻgʻitlardan samarali foydalangan holda tuproq unumdorligini tiklash yoʻllarini ilmiy asosladi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |