Vasiliy Struve

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Vasiliy Yakovlevich Struve [1793.4(15)4, Altona (Germaniya) — 1864.11(23)11, Peterburg] — rus astronomi, Peterburg FA akad. (1832). Derpt (hozirgi Tartu, Estoniya) universitetini tugatgan (1810). Struve 1818—39 yillarda shu untning rasadxonasi rahbari. Pulkovo rasadxonasining asoschisi va 1839 yildan uning direktori. Struve Dunay daryosining quiilishidan to Shim. Muz okeanigacha boʻlgan meridian yey i uzunligini (25°20’) oʻlchagan. Pulkovo rasadxonasidagi barcha teleskoplar Struve buyurtmasiga asosan yasalgan hamda oʻrnatilgan. U Galaktika markazi tomon yulduzlar sonining ortib borishini, yulduzlararo mugʻitning mavjudligini kashf etgan. Struve qoʻshaloq yulduzlar hamda yulduzlargacha boʻlgan masofalarni oʻlchashga doir tadqiqotlar olib borgan.