Vasiliy Grigorov (general)
Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan yoki umuman koʻrsatilmagan. |
Vasiliy Vasilyevich Grigorov | |
---|---|
Asl ismi | Василий Васильевич Григоров |
Tavalludi |
25-aprel, 1860-yil Voronej viloyati |
Vafoti | 1911-yil, Samarqand |
Unvoni | General-leytenant |
Lavozimi | Samarqand gubernatori |
Vasiliy Vasilyevich Grigorov(25-aprel, 1860-yil Voronej viloyati-16-oktyabr 1911-yil) - rus general-leytenanti, Orenburg qozoq okrugi boshligʻi, Samarqand viloyati gubernatori.
Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Vasiliy Vasilyevich Grigorov 1860-yil 25-aprelda Rossiya imperiyasining Voronej viloyatida zodagon oilasida tugʻilgan. U boshlangʻich bilimlarni Voronej Mixaylovskaya nomidagi harbiy gimnaziyasida oldi, keyin esa Nikolayev nomli harbiy maktabga qabul qilindi.
1882-yilda Nikolayev nomidagi harbiy akademiyaga qabul qilindi va taʼlimini shu yerda davom ettirdi. 1884-yil Kiyev okrugi Bosh shtabiga masʼul lavozimga tayinlandi. 1888-yil 24-noyabrda Chuguyev nomidagi havo flotida oʻrgatuvchi, 1892-yil 27-iyulda esa 14-mahalliy qoʻmondonligi qoʻmondoni lavozimida ishladi. 1890-yil 1-aprelda podpolkovnik, 1902-yil 17-aprelda unga general-mayor, 1908-yil 13-aprelda esa general-leytenant unvoni berilgan. 1911-yil Samarqand viloyatiga harbiy gubernator etib tayinlanadi.
Vasiliy Grigorov 1911-yil 16-oktyabrda Samarqandda vafot etadi.
Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
- 1886-yilda 3-darajali Muqaddas Stanislav ordeni bilan mukofotlangan.
- 1891-yilda 3-darajali Avliyo Anna ordeni bilan mukofotlangan.
- 1898-yilda 2-darajali Avliyo Stanislav ordeni bilan taqdirlangan.
- 1905-yilda 3-darajali Muqaddas Vladimir ordeni bilan mukofotlangan.