Vasiliy Gorin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Vasiliy Gorin
Gorin Vasiliy Vasilevich
Tavalludi 1896-yil
Vafoti 1938-yil 7-oktyabr
Toshkent
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Taʼlimi Varshava politexnika instituti
Tomsk texnologiya instituti
Faoliyat yillari 19171938
Otasi Vasiliy Moskvaning Prutkiy qishlog'i dehqonlaridan
Onasi Orlov guberniyasi dehqonlaridan

Vasiliy Gorin (1896-yil tavallud topgan — 1938-yil vafot etgan) — Oʻrta Osiyo iqtisodiy kengashi kotibi. Turkiston harbiy okrugi shtabi 5-boʻlim boshligʻi.

Vasiliy Gorin 1896-yil iyun oyida Buxoro shahrida dehqon oilasida tug‘ilgan. Millati rus. Otasi xizmatchi bo‘lgan. Onasi hech qayerda ishlamagan. Uy bekasi.

Partiyaga a‘zo bo‘lishidan oldin sovetlarning turli tashkilotlarida ishlagan. 1919-yildan Kommunistik partiya a‘zosi hisoblangan.

1905—1915-yillarda Samarqand shahridagi gimnaziyada o‘qigan. 1915-yilda Polshaning Varshava politexnika instituti qurilish fakultetiga o‘qishga kirgan. Biroq o‘qishni otasining vafoti sababli 1-kursdan tashlab ketgan. 1916-yilda Tomsk texnologiya institutiga oʻqishga kiradi. Oʻqishidan ikki oy harbiy xizmatga chaqiriladi. 1917-yilda Toshkent praporshiklar maktabini bitirgach, Ashxobod shahriga 8-Sibir oʻqchilar polkiga yuboriladi. Ashxoboddan Rossiya imperiyasidagi Shimoliy frontga yuboriladi. Frontda 18-Sibir oʻqchilar polki kichik ofitseri, kesim qism rahbari darajasigacha koʻtariladi[1].

1920—1922-yillarda Krasnovodsk, Marv, Ashxobod kabi shaharlarda I Turkiston o‘qchilar brigadasi shtabida tezkor qism boshligʻi boʻlib ishlaydi. 1924—1926-yillarda O‘rta Osiyo harbiy okrugi Turkiston fronti shtabining o‘qchilar brigadasi raisi bo‘lgan. 1926—1930-yillari Toshkent shahrida O‘rta Osiyo harbiy okrugi shtabi 5-bo‘limi boshlig‘i bo‘lib faoliyat yuritadi. 1930—1932-yillarda esa O‘zbekiston SSR Davlat reja qo‘mitasida  mudofaa bo‘limi boshlig‘i bo‘lgan. Keyinchalik mazkur muassasada kotib va prezidium a‘zosi bo‘lgan. 1932—1934-yillarda O‘rta Osiyo iqtisodiy sovetida kotib bo‘lib ishlaydi.

SSSR Oliy Sudi harbiy kollegiyasi sayyor sessiyasining 1938-yil 7-oktyabrdagi yigʻilishida Gorin Vasiliy Vasilevich otishga hukm qilinadi va oʻsha kuni oʻsha kuni otib tashlanadi. Vasiliy Gorin nomi VKP (b) Siyosiy byurosi va shaxsan Stalin tomonidan maqullangan va kategoriyalarga ajratilgan qatagʻon qurbonlari roʻyxatiga kiritilgan[2]. Vasiliy Gorin oʻlimidan keyin oqlanadi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Rustambek Shamsutdinov. Oʻzbekistonda sovetlarning qatag'on siyosati va uning oqibatlari (1-kitob) (o'zbekcha). Toshkent: Sharq nashriyoti 2012 — 83-bet bet. ISBN 978-9943-00-481-8. 
  2. Naim Karimov. 1937-1938-yillardagi „Katta qirg'in“ning fojiali oqibatlari (oʻzbekcha). Toshkent 2015 — 153 bet.