Varta

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Varta — Polshadagi daryo, Odraning eng katta oʻng irmogʻi. Uzunligi 808 km, havzasining mayd. 54,5 ming km2. Kichik Polsha qirlarining gʻarbiy chekkasidan boshlanib, Buyuk Polsha pasttekisligidan oqadi. Bahorda toʻlib oqadi, yoz va kuzda toshadi. Yillik oʻrtacha suv sarfi 220 m3/sek. Poznan sh.gacha kema qatnaydi. V. kema qatnaydigan asosiy irmogʻi — Notes orqali Bidgoshch kanali bilan Vislaning Brda irmogʻiga tutashgan. V. boʻyida Chenstoxova, Poznan, GojuvVelkopolski va b. shaharlar joylashgan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil