Varnalar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Varnalar (sanskritcha: वर्ण — sifat, rang) — Qadimiy Hindistondagi 4 asosiy tabaqa.[1] Jamiyatda brahman va kshatri tabaqalari yuqori mavqeni egallashgan. Mehnatkash xalq vayshilar va shudrlar Varnalarga mansub boʻlib, ularning mavqei pastroq hisoblangan. Varnalarga mansub boʻlmaganlar aholining eng quyi, xoʻrlangan, huquqsiz qismini tashkil etgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Stanton, Andrea. An Encyclopedia of Cultural Sociology of the Middle East, Asia, and Africa. USA: SAGE Publications, 2012 — 12–13 bet. ISBN 978-1-4129-8176-7. 

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil