Varburg apparati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Varburg apparati - bosim va temperatura oʻzgarmay turadigan sharoitda oz miqdordagi gazni aniqlash uchun moʻljallangan qurilma; respirator. Gaz ajraladigan yoki yutiladigan jarayonlar — bijgish, ayrim fermentativ reaksiyalar va b.da yuz beradigan jarayonlarni oʻrganishda qoʻllaniladi. Nemis fiziologi O. G. Varburg nomi bilan atalgan. V. a.ning asosiy qismi manometrga biriktirilgan 12— 14 ta shisha idishchalardan iborat. Idishchalarga bufer-tuzli muhitda maydalangan toʻqima yoki toʻqima fraksiyalari va b. sinaladigan obyekt solinadi. Idishchalar suvli vannaga botirib qoʻyiladi. Vannada termorostlagich va tebranuvchi mexanizm boʻladi. Ajralayotgan yoki yutilayotgan gaz miqdorshianometi/koʻrsatishlariga qarab aniqlanadi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil