Varanasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Varanasi (Banoras) — Hindistondagi qad. shaharlardan. 10— 12-a.lardan boshlab Sharqda, jumladan Oʻrta Osiyoda Banoras nomi bilan mashhur. Hindistonning Uttar-Pradesh shtatidagi shahar. Gang daryosi irmoqlari boʻlmish Varan va Asi oraligʻida (nomining kelib chiqishi shundan), hindlarning diniy markazi va ziyoratgohi. Aholisi 926 ming kishi (1991). Qadimda Kashi va taxminan 10— 12-asrdan Varanasi deb atalgan. Shim. Hindistondagi muhim transport yoʻllari tuguni. B.da hindu va buddaviylarning 1500 ga yaqin ibodatxonasi bor, baʼzilari oʻrta asr meʼmoriy yodgorliklari hisoblanadi. B. 7- a.da ilmu fanning yirik markazlaridan biri boʻlgan. Shaharda Jay Singh qurdirgan (1700) rasadxona bor. B. 18-asrning boshida ingliz Ost-Indiya kompaniyasining tasarrufiga oʻtgan. Mamlakatning tarixiy, madaniy va diniy markazi. B.da koʻp tillarda badiiy, siyosiy, ilmiy adabiyotlar nashr etiladi. Hind tilidagi kitoblarning yirik kutubxonasi bor. Oʻtgan asrlarda fors va arab tillarida chiqarilgan asarlar Turkistonga ham tarqalgan. Ipgazlama, oyna, poligrafiya, oziq-ovqat, kimyo korxonalari; teplovoz zavodi bor. B.da shoyi ishlab chiqariladi; tilla va kumush iplardan zarbofkimxob matolar, zargarlik buyumlari tayyorlashda Sharq mamlakatlarida mashhur boʻlgan. Turkistonda maʼlum boʻlgan banoras gazlamasi ham oʻsha yerda toʻqilgan. Un-t bor. "Shiva oltin ibodatxonasi" (1750-y .lar), 16 — 19- a.larning mahobatli saroylari (shu jumladan "Man-Mandir", 1600 y.) saqlangan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil



Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil