Vaqt paradoksi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Vaqt paradoksi — harakatlanayotgan jism yoki tizimdagi soatning tinch turgan tizimdagi soatdan "orqada qolib" yurishi. V. p. nisbiylik nazariyasidan kelib chiqadigan xulosalardan biri. Nisbiylik nazariyasiga binoan, har qanday harakatdagi jism yoki tizimda soatning yurishi sekinlashadi. Soat oʻrniga maʼlum vaqt oʻtishi bilan takrorlanib turuvchi ixtiyoriy davriy jarayonni tekshirishimiz mumkin. Harakatdagi tizimda roʻy beradigan barcha fizik, kimyoviy, biologik jarayonlar mos ravishda sekinlashadi. Mas., egizaklardan biri katta tezlik bilan sayohat qilib qaytib kelgan boʻlsin, u holda shu egizak ikkinchi egizakka Karaganda kam vaqt oʻtkazadi, yaʼni sayohat natijasida "yasharadi". Vakt haqidagi odatdagi inson tasavvuriga zid boʻlgan bu xulosa egizaklar paradoksi nomi bilan mashhur. V. p. soat paradoksi yoki L anjeven paradoksi deb yuritiladi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil