Vaqt aylanishi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Vaqt inversiyasidan yoʻnaltirildi)

Vaqt aylanishi, vaqt inversiyasi — nazariy hisoblarda vaqt ishorasining oʻzgarishi. Klassik mexanika yoki kvant mexanikada obʼektning oxirgi holatiga qarab dastlabki holati I. Nyuton yoki E. Shryodinger differensial tenglamalaridan aniqlanadi. Isaak Nyutonning ilm- fanga, asosan matematika va fizika fanlariga katta hissa qo'shgan, ya'ni fizika, matematika fanlariga juda ko'plab qonunlarni va teoreyalarni kiritgan.Harakat va tortishish qonunlarini, butun olam tortishish qonuni, yorug'lik qonuniyatlari , yorug'lik tarqalishini o'rgangan.

Fizikaviy hodisalar oʻzgarishini ifodalovchi formulalarda manfiy ishorali vaqt ishtirok qilishi mumkin, bunday formulalardan foydalanib, teskari yoʻnalishdagi vaqt hisoblab chiqiladi. V. tushunchasi elementar zarralar nazariyasida ham muhim ahamiyatga ega. Nazariy hisoblarda toʻgʻri va teskari yoʻnalishlardagi vaqt oʻtishi haqida gapirilsada, haqiqiy moddiy jarayonlarda vaqt faqat bir tomonga qarab oʻtadi, yaʼni oʻtmishdan kelajakka yoʻnaladi. Jismlar holatining oʻzgarishi, radioaktiv moddalarning yemirilishi, organizmlarning hayot jarayoni va shu kabi tabiat hodisalari vaqtning qaytarilmasligini, uning faqat bir tomonlama oʻzgarishini koʻrsatuvchi dalillardir. Vaqtning qaytarilmasligi materiyaning yashash shakllari boʻlgan fazo va vaqt orasidagi muhim tafovutlardan biridir.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil