Vaqt aylanishi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Vaqt aylanishi, vaqt inversiyasi — nazariy hisoblarda vaqt ishorasining oʻzgarishi. Klassik mexanika yoki kvant mexanikada obʼektning soʻnggi holatiga qarab dastlabki holati I. Nyuton yoki E. Shryodinger differensial tenglamalaridan aniqlanadi. Fizik hodisalar oʻzgarishini ifodalovchi formulalarda manfiy ishorali vaqt ishtirok qilishi mumkin, bunday formulalardan foydalanib teskari yoʻnalishdagi vaqt hisoblab chiqiladi. V. a. tushunchasi elementar zarralar nazariyasida ham muhim ahamiyatga ega. Nazariy hisoblarda toʻgʻri va teskari yoʻnalishlardagi vaqt oʻtishi haqida gapirilsada, haqiqiy moddiy jarayonlarda vaqt faqat bir tomonga qarab oʻtadi, yaʼni oʻtmishdan kelajakka yoʻnaladi. Jismlar holatining oʻzgarishi, radioaktiv moddalarning yemirilishi, organizmlarning hayot jarayoni va sh. k. tabiat hodisalari vaqgning qaytarilmasligini, uning faqat bir tomonlama oʻzgarishini koʻrsatuvchi dalillardir. Vaqtning qaytarilmasligi materiyaning yashash shakllari boʻlgan fazo va vaqt orasidagi muhim tafovutlardan biridir.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil