Vanshli pech

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Vanshli pech — 1) materiallar suyuq muhit (xlorli, uglerod oksidli, azot oksidli tuzlar va b.) li vannada qizdiriladigan pech. V.p.ning alangali va elektr xillari bor. Alangali V.p.da tigel (vanna) forsunka yoki gorelka alangasi bilan qizdiriladi. Elektr V.p.ning ikki turi bor: birinchisida issiklik vanna tashqarisida joylashgan qizdirish elementida, ikkinchisida issikdik suyuq muhitning oʻzida generatsiyalanadl. Suyuq muhitda qizdirishning afzalligi shuki, buyum tez va bir tekis qiziydi, sirti oksidlanmaydi. V.p. termik sexlarda metall detallarni toblash, boʻshatish, normallash, qattiq qizdirish va b. uchun ishlatiladi; 2) ish boʻshligʻi gorizontal yoʻialishda choʻziq vanna shaklida boʻlgan metall eritish pechi (mas., marten pechi).

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil