Vankel dvigateli

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Vankel dvigateli - rotorporshenli ichki yonuv dvigateli. F. Vankel (F. Wankel, Germaniya) 1957 y.da loyi-halagan. V. d.da ish sirti maxsus egri shakl (epitroxoida shakli) da yasalgan silindr ichida koʻpyok/sh rotor (porshen) aylanadi. Rotorning valiga mahkamlangan tishli gʻildirakning ichki tishlari qoʻzgʻalmas shesternya bilan ilashgan. Rotor tishli gʻildirak bilan birgalikda shesternya atrofida dumalaydi. Shunda rotorning yoklari silindrning ichki epitroxoidasimon sirti boʻylab sirpanib, hajmi oʻzgaruvchi kameralar hosil qiladi. Jumladan, uch yoqli porshen silindr ichida qisish va kengayish (ish takti) kameralarini hosil qiladi. Qisish takti oxirida sham yordamida oʻt oldiriladi, ish takti oxirida ishlangan gazlar chiqarib yuboriladi, soʻrish takti boshlanadi. V. d.da gaz taqsimlash mexanizmisiz toʻrt taktli sikl bajariladi. Yonuvchi aralashma tayyorlash, oʻt oldirish, moylash, suv bilan sovitish, ishga tushirish ishlari oddiy ichki yonuv dvigatellarinikidan farq qilmaydi, lekin ulardan 2—3 marta yengil va ixcham boʻladi. Shesternya va tishli gʻildirak radiuslarining nisbati r:R=2:l. Amalda uch yoqpi V. d. avtomobillar, qayiqlar va b.ga oʻrnatiladi. Germaniya, Yaponiya va AQSH da koʻplab ishlab chiqariladi.

Wankel Cycle (vector).svg

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil