Valyutani tartibga solish

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Valyutani tartibga solish — xalqaro hisob kitoblar va valyuta boyliklari bilan bogʻliq bitimlarni amalga oshirishni reglamentatsiya qilishga qaratilgan davlatning faoliyati. „Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida“gi OʻzR Qonunining 10-moddasiga muvofiq, OʻzR Markaziy banki OʻzRda valyutani tartibga soluvchi davlat organidir. Valyutani tartibga soluvchi davlat organi oʻz vakolatlari doirasida:

  • OʻzRda chet el valyutasining hamda chet el valyutasidagi toʻlov hujjatlarining muomalasi tartibini belgilaydi;
  • milliy valyutaning chet el valyutasiga nisbatan kursini aniqlash mexanizmini belgilaydi;
  • OʻzR hududidagi banklarda norezidentalar tomonidan chet el valyutasida hisobvaraqlar ochish va ularni yuritish tartibini belgilaydi;
  • rezident yuridik shaxslar tomonidan OʻzRdan tashqaridagi banklarda hisobvaraqalar ochish tartibini belgilaydi[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Oʻzbekiston Yuridik ensiklopediyasi