Valyuta operatsiyalari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Valyuta operatsiyalari — milliy qonunchilik yoki xalqaro shartnomalar bilan tartibga solingan valyuta boyliklari bilan bogʻliq boʻlgan bitimlar. "Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida"gi OʻzR Qonunining 6-moddasiga muvofiq, valyuta operatsiyalariga boʻlgan mulk huquqining va boshqa huquqlarning oʻzga shaxsga oʻtishi hamda valyuta boyliklarini toʻlov vositasi sifatida ishlatish bilan bogʻliq operatsiyalar; valyuta boyliklarini OʻzRda olib kirish va joʻnatish, shuningdek OʻzRdan olib chiqish va joʻnatish; xalqaro pul joʻnatmalarini amalga oshirish. "Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida"gi qonunning 7-moddasiga asosan, joriy xalqaro operatsiyalarga quyidagilar kiradi :

  • tashqi savdo, boshqa joriy faoliyat olib borilishi, shu jumladan xizmatlar koʻrsatilishi munosabati bilan, shuningdek odatdagi qisqa muddatli bank va kredit mexanizmlari ishlashi munosabati bilan toʻlanishi zarur barcha toʻlovlar;
  • kreditlarni, qarzlarni uzish uchun yoki toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar amortizatsiyasi uchun maqbul summalarni toʻlash;
  • savdo bilan bogʻliq boʻlmagan pul joʻnatmalarining maqbul summalari[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Oʻzbekiston Yuridik ensiklopediyasi