Valyor

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Valyor (frans. valeur —baho, qimmat-baho) — rassomlik sanʼatida maʼlum nur va soya miqdorini ifodalovchi (boshqa ranglar bilan bogʻliq holda) rang turi. Rangtasvirdagi ranglar uygʻunligida "V." termini oʻzaro qonuniy aloqada boʻlgan va maʼlum bir rang chegarasidagi nur va soya izchilligini yaratuvchi har bir tuslarni ifodalaydi. V. izchilligini qoʻllash (koʻp yirik rassomlarning ijodini belgilagan) narsalarni nozik va boy nur-havo muhitida berish, koloritni, ulardagi ranglarning alohida nisbati hamda birbiriga oʻtishdagi teranligiga erishish imkonini beradi (D. Velaskes, Ya. Vermer, K. Koro, V. I. Surikov, I. I. Levitan va b).

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil