Valvaliz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Valvaliz, Valvalij, Valij — ilk oʻrga asrdarda Toxariston shaharlaridan biri. Xitoy sayyohi Syu-an Szanning asarida "Xu", "Tanshu"da esa A-xuan shaklida qayd etilib, hozirgi Qunduz atrofida joylashgani aytilgan. Syuan Szanning maʼlumotiga koʻra, Xu mulki Uxu, yaʼni Amudaryoningjan. qirgʻogʻida joylashgan. Ushbu mulkning xoqoni Tun yabgʻuning oʻgʻli Tardu shad boʻlib, unga Temir qapigʻdan janubidagi barcha mayda mulklar tobe boʻlgan. Aholining bir qismi buddaviy, bir qismi ajdodlar ruhiga eʼtiqod qilgan. V.da 10 ga yaqin Budda monastiri va 100 ga yaqin rohiblar boʻlgan. "Tanshu"ga koʻra, 656 — 660 yillarda A-xuan, yaʼni V.da "ashina" unvoniga ega boʻlgan Toxariston hokimi turgan. 9-asrda V. shahrini arablardan Muchaxim ibn Bistom idora etgan. Shaharda jome masjidi boʻlgan. 10-asrda V. Toxaristonda Toliqondan keyingi 2-yirik shahar hisoblangan "Hudud ul-olam"gya koʻra, V. maʼlum muddat "qasa-ba", yaʼni Toxaristonning bosh shahri boʻlgan. 10-asrda shahar gudlab-yash-nagan, obod boʻlgap. V.dan kunjut va upipg moyi, yongoq, bodom, pista, sholi, mosh va, shupipgdek, hayvon iyuxlari, 1>lki terisi va boshqa chsgga chiqarilgan. 11-asrda gaznaviylar davrida V. da zarbxona joplashgan. 12-asrdan V. Qunduz deb agala boshlapgan. 12-asrda saljuqiylar, soʻngra xorazmshoxdar davrida V.da zarb egilgan tangalarla Qunduz nomi koʻrsatilgan.

Ad.. Kamaliddinov Sh.S., Istoriches kaya gsografiya Yujpogo Sogda i Toxarisgapa po araboya 1gp11m istochpikam 1X-nachala XIII vv., T., 1996.