Valhalla
Valhalla (Skandinav afsonalariga koʻra Valhöll)[1] – tangrilarning diyori sanalgan Asgardda joylashgan keng va ulkan maskan yoki qabulxona (zal)[2]. Valhalla Odin tomonidan boshqariladi. Bu yerda Odin jang asnosida qahramonlarcha halok boʻlgan jangchilar sharafiga doimiy marosimlar uyushtirar edi. Marosimda shaxsan Odinning oʻzi ham ishtirok etgan. Jangda qatnashmasdan tinch oʻlim topgan vikinglar Valhallaga qabul qilinmaydi. Bundan tashqari, tugʻruq vaqtida oʻlgan ayollar ham Valhallaga qabul qilingan. Ayol yoki erkak boʻlishidan qatʼiy nazar barcha Valhallaga birdek qabul qilingan. Jang maydonida qahramonlarcha oʻlgan jangchilar Einherjar degan nom olib, Valkiriyalar tomonidan Valhallaga olib kelingan[3].
Valhalla tasviri
[tahrir | manbasini tahrirlash]Valhalla qadimgi Skandinav tilidagi Valhöll soʻzidan olingan boʻlib, qatl qilinganlarning, qurbonlarning maskani degan maʼnoni beradi. Valhallada uyushtiriladigan ziyofatga Schrimnir (yovvoyi toʻngʻiz)ning goʻshti tortiq qilingan. Yovvoyi toʻngʻiz goʻshti hammaga yetadi va har tongda kesib olingan joylari oʻz holiga qaytadi. Jangchilar ichimlik oʻrnida echki sutidan tayyorlangan Heidrum sharobidan ichadi[4]. Ziyofatdan tashqari kunlarda jangchilar bir-birlari bilan jang qilib, xursandchilik qiladi. Jangchilar har kuni oʻz otlari ustida mayda boʻlaklarga boʻlinib ketgunlariga qadar jang olib borishadi. Ammo biroz vaqt oʻtib, yaralari tuzalib, oʻz holiga qaytadi. Shundan soʻng yana tunggi ziyofat boshlanadi.
Vikinglar falsafasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vikinglar jangari xalq boʻlganliklari sababli tasavvurlaridagi afsonaviy qahramonlar, jangchilar hamda jangda halok boʻlgan insonlarni qattiq hurmat qilishadi. Jangdagi shavqatsizliklari sabab boshqa xalqlar tomonidan „varvar“ deb atalgan Vikinglar hech shubhasiz diniy qarashlari sababli qoʻrquvni butunlay unutishgan. Chunki ularning olamida oʻlimni yengishning yagona yoʻli qahramonlik va jasoratdir. Oʻlish yoki oʻldirish ularning dunyoqarashida yomon holat emas, balki gʻurur masalasi edi. Bir Vikingning oʻlimi qanchalar qahramonlikka toʻlgan yoki qanchalik azob ostida oʻtgan boʻlsa, u shunchalik ulugʻlanishi, u haqida afsonalar, qoʻshiqlar va dostonlar yaratilishi uchun asos boʻlardi.
Vikinglar uchun Valhallaga borish juda muhim boʻlgan. Chunki faqat sharafli jangchilargina u yerga kira olishardi. Agar aksi boʻlsa, Helheimning sovuq va qorongʻu yer osti dunyosida sarson va sargardonlikda qolib ketishlariga ishonishar edi[5]. Valhallada boʻlish nafaqat sharafli, balki maʼsuliyatli ham edi. Shu sababli vikinglar Valkiriyalardan jang qilish saboqlarini olib, Ragnarok kunida roʻy berishi kerak boʻlgan ulkan jangning kelishini kutishgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ For analysis and discussion, see Orel (2003:256, 443) and Watkins (2000:38).
- ↑ Valhalla Archived 2018-04-21 at the Wayback Machine. andom House Webster’s Unabridged Dictionary.
- ↑ Hall, John R. (2020-07-04). Red, White, and the Blues: A Long and Hard Ride over Treacherous Terrain. ISBN 978-1735078724.
- ↑ Larrington (1999:253-254).
- ↑ Laia San José Beltrán, Quienes fueron realmente los vikingos, Quarentena, 2015, ISBN 978-84-16229-16-1 p. 306.
Qoʻshimcha adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Byock, Jesse (Trans.) (2006). The Prose Edda. Penguin Classics. ISBN 0-14-044755-5
- Faulkes, Anthony (Trans.) (1995). Edda. Everyman. ISBN 0-460-87616-3
- Finlay, Alison (2004). Fagrskinna, a Catalogue of the Kings of Norway: A Translation with Introduction and Notes. Brill Publishers. ISBN 90-04-13172-8
- Hollander, M. Lee (Trans.) (2007). Heimskringla: History of the Kings of Norway (Wayback Machine saytida 26-yanvar 2017-yil sanasida arxivlangan). University of Texas Press. ISBN 978-0-292-73061-8
- Larrington, Carolyne (Trans.) (1999). The Poetic Edda. Oxford World's Classics. ISBN 0-19-283946-2
- Orchard, Andy (1997). Dictionary of Norse Myth and Legend. Cassell. ISBN 0-304-34520-2
- Orel, Vladimir (2003). A Handbook of Germanic Etymology. Brill. ISBN 9004128751
- Simek, Rudolf (2007) translated by Angela Hall. Dictionary of Northern Mythology. D. S. Brewer ISBN 0-85991-513-1
- Watkins, Calvert (2000). The American Heritage Dictionary of Indo-European Roots. Houghton Mifflin Company. ISBN 0-395-98610-9
- Welch, Chris (2005). Led Zeppelin: Dazed and Confused: The Stories Behind Every Song. Thunder’s Mouth Press ISBN 978-1-56025-818-6