Kontent qismiga oʻtish

Valentina Gorinevskaya

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Valentina Gorinevskaya
Tavalludi 1882-yil 22-yanvar
Vafoti 1953-yil 25-sentyabr
SSSR, Moskva
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR Rossiya bayrogʻi Rossiya
Kasbi olim
Otasi Valentin Vladislavovich Gorinevskiy
Mukofotlari

Valentina Valentinovna Gorinevskaya (18821953-yillar) — rus travmatologiyasi asoschisi, tibbiyot fanlari doktori (1935-yil), professor, RSFSRda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi ([[1943-yil) [1], tibbiyot xizmati polkovnigi[2]. 100 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi.

Valentina Valentinovna Garinevskaya 1882-yil 22-yanvar kuni Rossiya imperiyasi Sankt-Peterburgda professor V. V. Gorinevskiy oilasida dunyoga kelgan. Valentina 1908-yilda ayollar tibbiyot institutini tamomlagan. Birinchi jahon urushi paytida Gʻarbiy frontdagi kasalxonalarda jarroh boʻlib oʻz faoliyatini olib borgan. 1920-yilda Samara davlat universiteti negizida umumiy jarrohlik kafedrasi tashkil etilganda, oʻsha paytda mashhur rus travmatologi Valentina Valentinovna Gorinevskaya kafedra mudiri etib tayinlangan. Gorinevskayaning ilmiy xodimlarini tayyorlash uchun talabalar ilmiy toʻgaragi yoʻlga qoʻyilgan, u 1923-yilda universitetning tibbiyot fakulteti talabalar ilmiy jamiyatiga aylangan.

U 1925-yilda Moskvaga qaytib kelgan va 1931-yilda Moskvadagi Tibbiyot-protez institutida travmatologiya kafedrasi mudiri boʻlgan. 1932-yilda Gorinevskaya N. V. Sklifosovskiy nomidagi Shoshilinch tibbiy yordam ilmiy-tadqiqot institutida travma boʻlimining birinchi mudiri boʻlib tayinlangan va uni 1939-yilgacha boshqargan. Bir vaqtning oʻzida Markaziy malaka oshirish tibbiyot institutining travmatologiya kafedrasini ham boshqargan. Moskva institutlarida travmatologiyadan dars bergan. 1936-yilda „Gorinevskaya simptomi“ deb nomlangan suyaklarning sinishi alomatini tasvirlab bergan. 1939-yilda urush jarrohni yana ilmiy ishlardan uzoqlashtirgan. Valentina Valentinovna Xalxin-Golda ham, Finlyandiya frontida ham boʻlgan. U yana operatsiya stoli yonida kecha-yu kunduz vaqtini oʻtkazgan, yana otishmalar, uyqusiz tunlar, ogʻir mehnat davom etgan[3].

Valentina Gorinevskaya Ulugʻ Vatan urushi yillarida Qizil Armiya Bosh harbiy-sanitariya boshqarmasining inspektor-maslahatchisi boʻlib faoliyat olib borgan, mamlakatda yengil yaradorlar uchun kasalxonalar yaratgan[4] . 1942-yilda brigada doktori professor-xirurg Gorinevskaya Qizil Armiyaning yarador askarlari va komandirlarini evakuatsiya qilish va davolashdagi namunali va fidokorona mehnati uchun Qizil Bayroq ordeni bilan taqdirlangan[5]. 1945-yilda „Sovet ayoli“ jurnalida u haqida „Xirurg na fronte“ nomli maqola nashr etilgan. 1944-yilda uning „Kompleksnoye lecheniye v gospitaliyax dlya legkoranennix“ monografiyasi chop etilgan[6]. 1953-yilgacha Markaziy tibbiyot malakasini oshirish instituti harbiy tibbiyot fakultetining harbiy dala xirurgiyasi kafedrasini boshqargan.

Valentina Gorinevskaya 1953-yil 25-sentyabrda Moskvada vafot etgan. U otasi va singlisi Veronika bilan birga Novodevichiy qabristonining kolumbariumiga dafn qilingan[7].

  1. „Гориневская Валентина Валентиновна“. 2015-yil 10-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 6-may.
  2. „Гориневская Валентина Валентиновна“. 2016-yil 6-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 6-may.
  3. „Гориневской Симптом“. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 6-may.
  4. Matchin A. A., Matchina O. I. „Raneniy poluchaet xirurgicheskoe posobie, kogda obnarujena potrebnost…“ Chelyustno-litsevaya xirurgiya v godi Velikoy Otechestvennoy voyni. // Военно-исторический журнал. – 2021. – № 6. – S.26.
  5. журнал "Работница". 
  6. „ГОРИНЕВСКАЯ Валентина Валентиновна“. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 6-may.
  7. „Колумбарий Новодевичьего кладбища — Гориневские“. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 6-may.
  8. журнал "Работница". 
  9. 9,0 9,1 9,2 9,3 9,4 9,5 Andoza:Подвиг Народа
  10. 10,0 10,1 Andoza:Подвиг Народа
  11. Nagrajdena v sootvetstvii s Ukazom Prezidiuma Verxovnogo Soveta SSSR ot 04.06.1944 „O nagrajdenii ordenami i medalyami za vislugu let v Krasnoy Armii“