Kontent qismiga oʻtish

Valbjix

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Valbjix — Polshaning janubi-gʻarbidagi shahar, Valbjix voyevodaligida. Aholisi 141 mingdan ziyod kishi (1990-yillar oʻrtalari). T. i. tuguni. Quyi Si-leziya toshkoʻmir havzasining qad. markazi, 14-asrdan koks ishlab chiqariladi. Mashinasozlik (ogʻir mashinasozlik, asosan konchilik jihozlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan), kimyo, toʻqimachilik, chinni, oyna-shisha sanoati korxonalari bor. Yirik issiqlik elektr stansiyasi kurilgan. V. yaqinida Shchavno-Zdruy togʻ balneologik iqlim kurorti joylashgan. Meʼmoriy yodgorliklardan Yangi Dvur qalʼasi (14-asr) qoldiklari saqlangan. Konchilik muzeyi va b. bor.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil