Val tizimi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Val tizimi (mashinasozlikda) — asosiy detali valdan iborat boʻlgan tutashuvchi silliq mashina detallari (mas., val va gʻildirak) uchun oʻtqazish (valni gʻildirakka oʻtqazish) tizimi; tutashuvchi detallarning berilgan nominal oʻlchamida valning chegaraviy oʻlchamlari barcha oʻtqazishlar uchun oʻzgarmas boʻlib qolishi bilan ifodalanadi. Tutashuvchi detallardan biridagi teshiklarning chegaraviy oʻlchamlarini oʻzgartirib V.t.da turlicha oʻtqazishlarni amalga oshirish mumkin. Valga qoʻshimcha ishlov bermay (mas., kalibrlangan materialdan tayyorlangan val) undan foydalanish mumkin boʻlgan birikmalarda, shuningdek bitta silliq valga turli oʻtqazishlarga ega boʻlgan bir necha detalni (mas., ichki yonuv dvigateyaidya porshen barmogʻining shatun va porshen bilan tutashuvi) oʻrnatishda V.t.ni qoʻllash maqsadga muvofiq.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil