Vakuummetr

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Vakuummetr (vakuum va ..metr) — gazlar bosimini atmosfera bosimidan pastda — 760 dan 1013mm sim. ust. gacha (105—10" Pa) oraliqda oʻlchaydigan asbob. Ushbu bosimlar oraligʻini toʻliq qamrab oluvchi universal oʻlchashlar usuli mavjud emas, bunda gaz bosimi bilan (bevosita yoki bilvosita) bogʻlangan turli fizikaviy qonuniyatlardan foydalaniladi. V.larning suyuqlikli, deformatsion, kompression, radiometrik, qovushoqlik, issiqlik, ionizatsion va b. turlari mavjud. Ularning har bir turi bosimning muayyan sohasida oʻlchashlarga moʻljallangan. Barcha V.lar ikki: mutlaq va nisbiy guruhga ajratilishi mumkin. Mutlaq V.lar bevosita bosim r ni oʻlchaydi, ularning koʻrsatishlari gaz turiga bog-lik emas. Ularda oʻlchanishi mumkin boʻlgan bosimning quyi chegarasi 10~6 mm sim. ust. (10~4 Pa)ni tashkil qiladi. Bu toifaga suyuqlikli, deformatsion va kompression V.lar kiradi. Nisbiy V.larda bosimga bogʻliq boʻlgan kattaliklar oʻlchanadi; ular mutlaq namunaviy V. yordamida darajalanadi, koʻrsatishlari gaz turiga bogʻliq boʻladi. Ular qatoriga issiqlik, ionizatsion, qovushoqpik va radiometrik V.lar kiradi. Suyuqlikli V. [oʻlchashlar oraligʻi 760—102 mm sim. ust. (105—1 Pa)] oʻlchaydigan bosim yoki bosimlar farqi suyuqlik ustuni bosimi bilan muvozanatlanadi.

Deformatsion V.da bosim yoki bosimlar farqi qayishoq darakchi (silfon, membrana, spiral nay) de-formatsiyasi boʻyicha aniqlanadi. Kompression V.b-n 1(g3N/m2(105 mm sim. ust.) oraliqdagi ancha past bosimlar oʻlchanadi. Uning ishlashi Boyl — Mariott qonunita asoslangan. Asbobning asosiy qismlari: maʼlum hajm V li oʻlchagich ballon 1; asbobni bosim oʻlchanadigan sistema bilan ulovchi nay 3; birday diametr d li ikkita kapillyar, ulardan biri 2hajm V b-n, ikkinchisi ulagich nay 4 bilan ulangan. Pastdan suyuklik (odatda Hg) kiritilib, u hajm Vo da ulchanadigan bosim r dagi gazni ajratib oladi va uni kavsharlangan kichik hajm Vt da r,"r bosimgacha qisadi. r, bosimni kapillyarlardagi suyuklik sathlari h farqi boʻyicha, oʻlchanadigan bosim r ni ushbu munosabatdan topiladi: oʻlchanadigan bosimlar oraligi 10—10* mm sim. ust. (105— 10"3 Pa) ni tashkil qiladi. Kompression V. — mutlaqdir, unda oʻlchash xatoligini 1—2% gacha kamaytirish mumkin. Undan boshqa tur vakuumetrlarni darajalashda foydalaniladi. Qovushoqlik V.ining ishlashi siyaklangan gaz qovushoqligining bosimga bogʻliqligiga asoslangan. Oʻlchashlar oraligi 102— W mm sim.-ust. S1—10”5 Pa).

Issiqlik V.ining ishlashi siyraklangan gaz issiqlik oʻtkazuvchanligining bosimga bogʻliqligiga asoslangan. Ionizatsion V.da bosim meʼyori vazifasini ion toki bajaradi. Gaz molekulalarini ionlovchi omil (a-va (3-zarralar yoki termoelektronlar) doimiy boʻlganda ion toki bosimga mutanosib boʻladi. Ularning oʻlchash oraligi 10 2—5 10 8 mm sim. ust. (1—5-Yu-6 Pa) tashkil qiladi. Magnit-elektr razryadli V.da ayqashgan magnit va elektr maydonlarda siyraklangan gazlarda yuzaga keluvchi mustaqil razryad tokining bosimga bogʻliqligidan foydalaniladi. Bunday qurilmalarda 10"13 mm sim. ust. bosimlarni oʻlchash mumkin.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil