Vakuum texnikasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Vakuum texnikasi - vakuum hosil qilish, uni saqlash va oʻlchashda ishlatiladigan usullar va qurilmalar majmui. Fizika va kimyoning gazlarga, ularda oʻtadigan hodisalarga hamda gazsimon fazalar va b.ning oʻzaro taʼsirlashuvi qonunlariga asoslanadi. V.t.da qoʻllaniladigan qurilmalar — vakuum nasoslari, vakuummetrlar va b. asboblar hajmi bir necha yuz m3 li sanoat kurilmalarida (mas., yadro zarralari tezlatkichlarida) 10~4—10"6 Pa (10~6 — 10~8mm sim. ust.)vakuum hosil qilishga va uni oʻlchashga imkon beradi. Yuqori vakuum ketma-ket ulangan diffuzion, buster va forvakuum yoki diffuzion forvakuum nasoslar tizimi yordamida hosil qilinadi. Mexanik forvakuum nasoslar bilan atmosfera bosimidan to 101 Pa (10° mm sim. ust.) gacha; bugʻ oqimli (yoki mexanik) buster nasoslar bilan 101—KI Pa (MU3—YU-4 mm sim. ust.) gacha; diffuzion nasoslar bilan 103 Pa gacha vakuum hosil qilinadi. Sanoat V.t.da gaz ajralib turuvchi sharoitda ishlovchi texnologik qurilmalarning kamerasidagi havo vakuum agregatlari bilan soʻrib olinadi. Toʻliq vakuum agregatlari tarkibida nasoslar, vakuummetrlar, ventillar hamda vakuumni oʻlchovchi moslamalar boʻladi. V.t.ning muhim vazifalaridan biri vakuum tizimining germetikligini (zichligini) taʼminlashdir. Turli vakuum moylari, zamazkalari, zichlagichlari shu maqsadda ishlatiladi. V.t. eksperimental fizika bilan chambarchas bogʻliq. Termoyadro reaksiyalari oʻtadigan qurilmalar kamerasida vakuum — 10"" Pa (1013 mm sim. ust.) ga yetadi. Shunchalik yuqori vakuum hosil qilish uchun sekundiga oʻn ming litrcha havo soʻradigan nasoslar ishlab chiqilgan. Katta vakuum kameralarida kosmik boʻshliq sharoitlarini yaratish mumkin.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil