Kontent qismiga oʻtish

Vakuum pech

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Vakuum pech — kiyin eriydigan metall va qotishmalar eritiladigan pech. Induksion, elektr yoyli, elektron-nurli, plazmali xillari bor. Induksion pechlarda quymalar va murakkab shaklli quyma detallar olinadi. Induksion pech induktorlari vakuumli eritish kamerasiga nisbatan ichkariga yoki tashqariga joylashgan boʻladi. Induktorlari tashqarida joylashgan pechda eritish jarayonini induktorni surish yoʻli bilan boshqarib turish mumkin. Induktorlari ichkarida joylashgan pechning tigeli ancha chidamli boʻlib, induktor qoʻzgʻatilmaydi. Elektr yoyli pechlarda metall va qotishmalar elektr yoyi hosil qiladigan issiqlik hisobiga eritiladi. Elektron-nurli V. p.da elektron nurli, plazmali ish jismi hisoblanadi. V. p. metallni gazlar, turli aralashmalar, nometall qoʻshilmalardan samarali tozalashga imkon beradi; u juda toza metall olishda qoʻllanadi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil