Vakolatnoma

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

VakolatnomaIshonchnoma, vakolatnoma — muayyan muassasa yoki ayrim shaxs oʻz nomidan ish koʻrish uchun ikkinchi bir shaxsga ishonch bildiradigan yozma vakolatli hujjat. I. lar oʻz mazmuniga koʻra, molmulkni boshkarish, pul va moddiy-buyum boyliklarini olish, sud hamda notarial idoralarda, shuningdek, boshqa davlat va nodavlat idoralarda ish olib borish va b. ishlarni amalga oshirishni ifodalaydi. I. lar rasmiy (xizmat) va shaxsiy turlarga boʻlinadi. Rasmiy (xizmat sohasidagi) I. lar davlat muassasalari, jamoat tashkilotlari muayyan lavozimli shaxsga uning muayyan tashkilot tomonidan ish yuritishga vakil qilinganini bildirish uchun beriladi. Bunday I. muassasa rahbari tomonidan imzolanishi va muhr bilan tasdiqlanishi kerak. Ayrim hollarda I. qonun talabiga koʻra, notarial tasdiqdan utishi zarur buladi. Mazmun hamda vakolatning koʻlamiga kura, I. lar bir martalik, maxsus va umumiy turlarga bulinadi. Bir martalik I. muayyan bir ishni amalga oshirish, vazifani bajarish uchun (mas, faqat 1 martagina pul yoki qimmatdor buyumni olish uchun) beriladi. Muayyan davr davomida bir qancha turdagi vazifalarni bajarish vakolatini be-ruvchi I. lar maxsus I. lar deyiladi (mas, 1 y. davomida sudhakamlik idoralarida korxona nomidan vakillik qilish uchun berilgan I.). Umumiy I. mulkni boshkarish bilan alokador turli-tuman ishlarni amalga oshirish huquqini beradi. I. kupi bilan 3 y. muddatga berilishi mumkin. Agar I. da muddat koʻrsatilmagan bulsa, u berilgan kundan boshlab 1 y. mobaynida oʻz kuchini saklaydi. Berilgan kuni kursatilmagan I. haqiqiy hisoblanmaydi. I. boʻyicha vakolatlar hamda I. bilan bogʻliq boshqa tartib-qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi FK da belgilab berilgan (134—144-moddalar). [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil