Vakolat

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Vakolat — vakilning V. beruvchiga fuqarolik hukuq va majburiyatlar vujudga keltirishi, oʻzgartirishi va bekor qilishi uchun asos, yaʼni huqukdir. V. ishonchnoma, qonun, sud qarori yoki maʼmuriy akt (hujjat) asosida yuzaga keladi. Qoida tariqasida, vakil uz V.ini V. beruvchining huquq va qonuniy manfaatlarini koʻzlab, amalga oshirishga majbur. Vakil V. beruvchi shaxs nomidan shaxsan oʻz foydasiga har xil bitimlar tuza olmaydi (tijorat vakilligi bundan mustasno). Vakil amaldagi qonunchilik va V. beruvchining topshiriqlariga binoan ish koʻradi. Vakil V.siz yoki V. doirasidan chetga chiqib, harakat qilgan takdirda, bunday harakat V. beruvchi uchun hech qanday huquqiy oqibat tugʻdirmaydi, ammo bu harakat V. beruvchi tomonidan maʼqullansa, bu hol uning uchun muayyan huquqiy oqibat tugʻdiradi. V.ni vujudga keltiruvchi asoslarga koʻra, vakillik 2 turga boʻlinadi: 1) qonun boʻyicha vakillik; bunda vakillik va V. meʼyoriy hujjatlar bilan belgilanadi; u muomalaga layoqatsiz shaxs (yosh bolalar, akli zaif va ruhiy kasal)larning manfaatlarini koʻzlab amalga oshiriladi; 2) shartnomaviy vakillik; bunda vakil va uning V.i vakil qiluvchining erki bilan yuzaga keladi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil