Vakillik hokimiyati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Vakillik hokimiyati — xalq yoki uning bir qismi oʻzi saylagan vakillarning maxsus kollegial muassasasidagi birlashmasiga aniq belgilangan muddatga bergan vakolatlar majmui, shuningdek hokimiyat vakillik organlari majmui. Vakillik hokimiyati qonun chiqaruvchi hokimiyat bilan bir emas, chunki har qanday vakillik hokimiyati ham qonunchikik vakolatiga ega boʻlavermaydi va aksincha, har qanday qonun chiqaruvchi hokimiyat vakillik hokimiyati tomonidan amalga oshirilavermaydi. Qolaversa vakillik hokimiyati huquq ijodkorligi vakolatidagin tashqari, nazorat, ayrim hollarda boshqaruv vakolatlariga va boshqa vakolatlarga ham ega boʻladi. Vakillik hokimiyatining xususiyati koʻp jihattan vakillik turi bilan belgilanadi. Konstitutsiyaviy huquq fanida tabaqaviy, milliy, korparativ, konfessional, mintaqaviy va etnik vakillik farqlanadi[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Oʻzbekiston Yuridik ensiklopediyasi