Vahob Rahimov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Vahob Rahimov (1934.26.12, Samarqand) — konchi olim. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (2000), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1980), texnika fanlari doktori va professor (1972). Oʻrta Osiyo politexnika institutining konchilik fakultetini tugatgan (1957). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi konchilik boʻlimida ilmiy xodim, Toshkent politexnika institutida (hozirgi ToshTU) dotsent (1963 yildan), kafedra mudiri (1968 yildan), fakultet dekani (1969 yildan). 1984—90 yillarda prorektor, kafedra mudiri (1990 yildan). Asosiy ilmiy ishlari konlarni qazib olish natijasida togʻ jinslari massivida geomexanik jarayonlarning oʻzgarish qonuniyatlarini aniqlash, tabiiy va texnogen konlarning mineralxom ashyo potensialidan toʻla va kompleks foydalanishni taʼminlaydigan ekologik toza texnologiyalarni yaratish va qoʻllash hamda konchilik ishlarida elektronoptik asboblar va sunʼiy yoʻldoshlar orqali zamonaviy marksheyderlik texnologiyalarni qoʻllashning ilmiy asoslarini ishlab chiqish muammolariga bagʻishlangan.

Manbalar[tahrir]

  • Osnovi razrabotki melkomasshtabnix zolotorudnix mestorojdeniy Kizilkumov, T., 2000.