Vagn

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Vagn, fagn, bagn — "Avesto"da ibodatxona nomi. 10—13-asrlardagi koʻpgina tarixchilarning asarlarida Soʻgʻddagi koʻpgina qishloqlar atamasi tarkibiga "fagn" ("bagn", "vagn") qoʻshimchasi ham kirganligi qayd etilgan. Mas., Miyonbagn (Vobkentda), Vanufag(n) (Buxoro atrofidagi Tavovis yaqinida), Astavagn va Hurbagp (Gʻijduvonda), Rustfagn va Krasvagn (Samarqand atrofida), Xushufagn (Kattaqoʻrgʻon va Samarqand atroflaridagi ikki qishloq), Kukshibagn (Urgut yaqinida) va b. "Xushufagn" ning maʼnosi "olti ibodatxona" dir. Ibodatxona rahbari — (kohini) "vagnpat" deb atalgan, bu atama Mugʻ qalʼasi hujjatlarida ham uchraydi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil