Vaginizm

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Vaginizm (lot. vagina — qin), erzadalik — qin va chanoq tubi muskullarining tortishib qisqarishi; bu hol jinsiy aloqaga putur yetkazadi. V. da ayolning tashqi jinsiy aʼzosida roʻy beradigan ortiqcha ogʻriq sezuvchanlik er bilan yaqinlik qilish imkonini bermaydi. Shu sababdan ayol jinsiy aloqadan bezillab qoladi. Odatda bunday hol birinchi jinsiy aloqada qoʻpollikni sezgan ayoldagi ruhiy iztirob, qoʻrquv, erni xush koʻrmaslikda va ayrim hollarda tashqi jinsiy aʼzosida yalligʻlanish, jarohat boʻlgan ayollarda kuzatiladi. Baʼzan erkakning jinsiy zaifligi V. ga sabab boʻlishi mumkin. V. ning oldini olishda turmush qurayotgan yoshlarning mutaxassis tibbiy koʻrigidan oʻtishlari muhim.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil