Vadim Kucherov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Vadim Petrovich Kucherov — sovet, oʻzbek va rus aviakonstruktori, V.P.Chkalov nomidagi Toshkent aviasiya ishlab chiqarish birlashmasi bosh direktori (1996-2006). Texnika fanlari doktori, professor, ilmiy nashrlar muallifi.

Tarjimai hol[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kucherov Vadim Petrovich 1941-yil 7-sentabrda Sverdlovsk viloyati, Aramil shahrida uchuvchi-aviainstruktor oilasida tugʻilgan.

U 1966-yilda Kuybishev aviasiya institutini muhandis-mexanik yoʻnalishi boʻyicha tamomlagan.

Kucherov V.P.Chkalov nomidagi Toshkent aviasiya ishlab chiqarish birlashmasi (ChnTAICHB) uchuvchi-sinov stansiyasida ishlagan.

Oradaqn biroz vaqt oʻtib, Vladimir Petrovich 1970-yildan Il-76 yigʻish syexining boshligʻi. Keyinchalik - parvoz sinov stansiyasining boshligʻi, An-124, An-225 va An-70 uchun qanotlarning ixtisoslashtirilgan ishlab chiqarish boshligʻI sifatida ishlagan. 1989-yildan Ishlab chiqarish boʻyicha bosh direktorning oʻrinbosari, 1993-yildan — ChnTAICHBning bosh muhandisi boʻlgan.

U 1996-yildan V.P.Chkalov nomidagi Toshkent aviasiya ishlab chiqarish birlashmasi bosh direktori. Il-114T ni yaratishda va Il-76 ni zamonaviylashtirishda(modernizasiya) ishtirok etgan.

2005-yilda uning rahbarligi ostida Volga-Dnepr aviakompaniyasi - Il-76TD-90VD tomonidan buyurtma asosida PS-90 dvigatelli Il-76 samolyotining modifikasiyasi ishlab chiqarildi.

2007-yildan buyon u Moskvada yashagan, bosh direktor oʻrinbosari - ishlab chiqarish boʻyicha direktor, “Ile”da Il-76 samolyotlarini ta’mirlash ishlarini boshqargan.

Texnika fanlari doktori 2013-yildan boshlab Bosh direktorning kadrlar va ma’muriy boshqaruv boʻyicha oʻrinbosari maslahatchisi, S.V.Ilyushin nomidagi Aviasiya majmuasi bosh direktorining maslahatchisi lavozimlarida faoliyat olib borgan.

Kucherov 2018-yil 14-sentabrda Moskvada vafot etdi[1]. Keyin u Troyekurovskiy qabristoniga dafn etilgan[2].

Mukofot va unvonlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Скончался строитель самолетов марки «Ил»“. 30-sentabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 30-mart 2021-yil.
  2. „Фото захоронения“. 6-avgust 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 16-dekabr 2020-yil.
  3. Указ Президента Республики Узбекистан от 26 avgust 1996 года № УП-1548 «О награждении группы государственных служащих, работников производства и сферы обслуживания в связи с пятилетием независимости Республики Узбекистан
  4. Указ Президента Республики Узбекистан от 21 may 2003 года № УП-3247 «О награждении группы работников в связи с семидесятилетием государственно-акционерного общества «Ташкентское авиационное производственное объединение имени В.П. Чкалова»

Havolar[tahrir | manbasini tahrirlash]