Uzzol

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Uzzol (arab. — pastga sakrash, tushish) — Oʻn ikki maqom va Shashmakom tarkibida maʼlum shoʻʼba nomi. Unda kuy harakatida 4 — 5 pogona pastga qoʻqqisdan sakrash (tushish) roʻy beradi. U.ning dastlabki kuy tuzilishi haqida maʼlumot yoʻq. Musiqa risolalarida uning kvinta diapazonidagi tovush qatorigina keltirilgan. Shashmaqomda Buzruk maqomining birinchi guruh shoʻbalari orasida "Talqini U.", "Nasri U." nomli shoʻʼbalar va "Ufari U." qismi mavjud. Ular juda yokimli va jozibali ashula yoʻllari boʻlib, boshlanish jumlasida kuy kvartagacha pastga sakraydi. Xorazm makrmlarida esa bu harakat pogonamapogʻona tushiriladi. U. shoʻʼbalari va ufari daromad, miyonxat hamda tushirim qismlaridan tarkib topgan, 3 turli doyra usulida ijro etiladigan bir xil ashula yoʻlidir. U. namud sifatida ham koʻpuchraydi. Namudi U. Buzruk va Rost makrmlarining turli shoʻʼbalarida, shuningdek, yirik shakldagi mumtoz kuy va ashulalarda, bastakorlar ijodida ham keng qoʻllanilgan. Uygʻurlarda Oʻzhol deb nomlanib, kuy tuzilishi Shashmakrmdagi U.dan butunlay farq qiladi.