Uzilma

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Uzilma — tektonik harakatlar natijasida tof jinslari bloklarining birbiriga nisbatan tik yoki qiya yuzada uzilib siljishi. U.da osma yonidagi togʻ jinslari uzilib pastga siljiydi, ostki yon bagʻir jinslari esa tepaga koʻtariladi. U. koʻpincha magmaning yer yuzasiga chiqishi hamda vulkanlar jarayoni natijasida paydo boʻlishi hamda ularning fizik va mexanik xossalari tektonik jarayonlarda U.larni hosil boʻlishini taqozo qiladi. U. aksari, graben va gorstlarni vujudga keltiradi. U. amplitudasi riftlarda bir necha km ga yetadi. Ular Yer poʻstining turli strukturaviy zonalarida (quruklik va okeanlar) uchraydi.