Uzbekistan GTL
Sanoat | Neft va gaz |
---|---|
Shiori | Biz toza energiya yaratamiz |
Ishga tushgan sanasi | 2021-yil 25-dekabr |
Joylashuvi | Oʻzbekiston Qashqadaryo Gʻuzor |
Direktori | Bahodirov Alisher Shukuraliyevich |
Vebsayti | uzgtl.com |
Uzbekistan GTL — Oʻzbekiston janubida joylashgan yirik gaz sanoati korxonalaridan biri. „Oʻzbekneftgaz“ milliy xolding kompaniyasi tarkibiga kiruvchi unitar shoʻba korxona. Qashqadaryo viloyatining Gʻuzor tumanidagi Shoʻrtan shaharchasida joylashgan.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]2009-yil Loyiha doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining birinchi Farmoni qabul qilindi va „Uzbekistan GTL“ MCHJ korxonasi tashkil etildi. 2012-yil 23-iyul kuni Zavod qurilishi uchun poydevor qoʻyildi va loyihaning „Oltin Yoʻl GTL“ savdo belgisi taqdimoti boʻlib oʻtdi. 2014-yilga kelib Qashqadaryo viloyatida zavodning qurilish maydonini tayyorlash ishlari boshlab yuborildi. 2018-yil 27-avgust birinchi Fisher-Tropsh reaktorining pastki qismi zavodning texnologik zonasida poydevorga oʻrnatiladi. 2020-yil yanvar-iyul oylarida Qurilish-montaj ishlarining faol bosqichi boshlandi. Mart oyida GTL zavodining temir yoʻl infratuzilma ob’ektlari qurilishi boshlandi. Dekabr oyida zavodning markaziy boshqarish paneli va asbobsozlik va boshqarish tizimi uchun siqilgan havo ishlab chiqarish qurilmasi ishga tushirildi[1].
2021-yilning 25-dekabr kuni Qashqadaryo viloyatiga tashrif buyurgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti „Uzbekistan GTL“ zavodining ochilish marosimida boʻldi[2].
2022-yil 23-sentyabr kuni AQShda neft-gaz va kimyo sanoati sohasi boʻyicha boʻlib oʻtgan tanlovida „2022 Platts Global Energy Awards“ mukofotiga sazovor boʻldi[3].
Umumiy maʼlumotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Zavodning umumiy maydoni 135 gektar maydonni egallab, zavodda toʻrt turdagi yoqilgʻilar ishlab chiqariladi (aviakerosin, siqilgan gaz, dizel, nafta). „Uzbekistan GTL“ dunyodagi eng yirik 5 ta zavodlardan biri hisoblanadi (qolgan 4 tasi Qatar, Nigeriya, JAR va Malayziyada barpo etilgan).
Hamkorlik
[tahrir | manbasini tahrirlash]Loyiha doirasida Sasol, Petronas va „Oʻzbekneftgaz“ kompaniyalari bilan hamkorlik qilinmoqda[4][5][6]. Har bir sherik qoʻshma korxonada teng ulushga ega boʻladi[5].
GTL stipendiya dasturi
[tahrir | manbasini tahrirlash]„Uzbekistan GTL“ kompaniyasi har yili bakalavriat va magistratura talabalari uchun stipendiya tanlovini eʼlon qilib kelmoqda. „GTL stipendiyalar dasturi“ tanlovida Oliy taʼlim muassasalarning texnika yoʻnalishida tahsil olayotgan 3−4 bosqich bakalavr, 1−2 bosqich magistratura talabalari qatnashishlari mumkin[7].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Uzbekistan GTL tarixi“.
- ↑ „“Uzbekistan GTL” zavodi ishga tushirildi, yana bir korxonaga tamal toshi qo‘yildi“.
- ↑ „O‘zbekneftgaz»: «Uzbekistan GTL» zavodi dunyoning eng nufuzli «S&P Global Energy Awards» mukofoti g‘olibi bo‘ldi“.
- ↑ „Sasol signs Uzbekistan GTL pact“. NHST Media Group (2009-yil 15-iyul). Qaraldi: 2009-yil 18-iyul.
- ↑ 5,0 5,1 Izundu, Uchenna (2009-07-17). "Sasol to establish GTL plant in Uzbekistan". Oil & Gas Journal (PennWell Corporation) 107. https://www.ogj.com/refining-processing/gas-processing/article/17277784/sasol-to-establish-gtl-plant-in-uzbekistan. Qaraldi: 2009-07-18.
- ↑ „“Sasol” kompaniyasi “Uzbekistan GTL” zavodi uchun yangi avlod katalizatorlarini yetkazib beradi“.
- ↑ „Uzbekistan GTL talabalar uchun stipendiya tanlovini e’lon qildi“.