Uyushgan guruh

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Uyushgan guruh - jinoyatda ishtirokchilik shakli; Oʻzbekiston jinoyat huquqi boʻyicha (Oʻzbekiston Respublikasi JK, 29modda), 2 yoki undan ortiq shaxsning birgalikda jinoiy faoliyat olib borish uchun oldindan bir guruhga birlashishi. U.g. birga bajaruvchilik koʻrinishida boʻlishi mumkin. Bunda jinoiy faoliyat bilan birgalikda shugʻullanish uchun uyushgan shaxslarning barchasi oldindan til biriktirib guruhning jinoyatni sodir qilishida bevosita ishtirok etadi. Ayni paytda bunday guruhlar uchun shunday uyushganlik mansubki, unda guruhsa qatnashadigan shaxslar muayyan vazifalarga ega, shuningdek, ular oʻrtasida martabalavozimlar taqsimlanishi amalga oshgan boʻladi. Ikkala koʻrinishda ham pogʻonali tuzilma boʻlishi va u subordinatsiya hamda muvofiqlashtirishga asoslangan boʻysunish kuzatiladi. Biroq, odatda, bunday guruhlarda uyushganlik darajasi, ularning keng tarqalgan boʻlishiga qaramay, jinoipuyushma bilan qiyeslaganda uncha yuqori boʻlmaydi va shu nuktai nazardan ular uyushgan jinoyatchilikning quyi "pogʻonasi"da turadi.

Qurollangan U.g.lar tuzish, unga rahbarlik qilish yoki ishtirok etish alohida baholanadi. Guruhning qurollanganligi mazkur guruh aʼzolarining hech boʻlmaganda birida qurolning mavjudligi, bu haqda guruhning boshqa aʼzolarining bundan aniq xabardorligida ifodalanadi. Qurollangan U.g.ni tashkil etishning oʻziyoq jinoiy javobgarlikka loyiq qilmish sanaladi.