Uxayzir qal’asi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Uxayzir qal’asi- (arab. حصن الأخيضر) Iroqning Karbalo shahridan taxminan 50 km janubda joylashgan[1]. Bu katta, toʻrtburchak shaklidagi qalʼa boʻlib, eramizning 775-yilida oʻziga xos mudofaa uslubida qurilgan. Abbosiylar xalifasi As-Saffohning jiyani Iso ibn Muso tomonidan qurilgan Uxayzir qal’asi oʻzining hovlilari, qarorgohlari va masjidlari inshootlari bilan abbosiylar meʼmorchiligining yangiligini ifodalaydi. Uxayzirdagi qazishmalar XX asr boshlarida qoldiqlar haqida birinchi yirik qaydlarni yozgan Gertrude Bell tomonidan olib borilgan[2]. Uxayzir qal’asi Atshan va Mujdaga oʻxshash mintaqaviy savdo yoʻllarining muhim toʻxtash joyi edi. Majmua asosiy zal, katta peshtoq, qabulxona va xizmatchilar xonasidan iborat. Qal’a Iroqdagi abbosiylar me’morchiligining namunasi boʻlib, “sulolaning despotik va zavq-shavqni yaxshi koʻradigan xarakterini” oʻzining katta hajmli, ammo tor yashash joylarida namoyish etadi[3].

Qal’aning hozirgi nomi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qal’aning hozirgi nomi abbosiylarga qarshi qoʻzgʻolon koʻtargan, keyin qarmatiylar koʻmagi bilan Kufa hokimi boʻlgan, Banu Uxayzirdan Ismoil ibn Yusuf al-Uxayzir bilan bogʻliq boʻlishi mumkin[4].

Jahon merosi maqomi Ushbu sayt 2000-yil 7-iyulda “Madaniy” toifasida YUNESKOning Butunjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan[5] [6].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Bell, Gertrude (1914). Palace and Mosque at Ukhaidir: A Study in Early Mohammadan Architecture. Oxford: Clarendon Press.
  2. The Fortress of Al-Ukhaidar - UNESCO World Heritage Centre
  3. Hillenbrand (1999).
  4. "Stepping back 1,300 years into Iraq's Ukhaidir palace - Al-Monitor: The Pulse of the Middle East". 3 December 2015.
  5. Creswell, Keppel Archibald Cameron (1958). A short account of early Muslim Architecture. Penguin Books. pp. 201–203.
  6. Houtsma, M. Th. (1993). E.J. Brill's first encyclopaedia of Islam, 1913-1936. Leiden ; New York : E.J. Brill. p. 994. ISBN 9004097961.