Uwe-Jens Mey

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Uwe-Jens Mey (1963-yil 13-dekabrda tugʻilgan) – germaniyalik sobiq konki uchuvchisi boʻlgan hamda 1980-yillarning oxiri va 1990-yillarning boshlarida 500 metr masofani bosib oʻtgani uchun, oʻz davrining eng tez sprinteri hisoblangan. U Polsha davlatining Varshava shahrida tugʻilgan.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1992-yilda Mey

Dastlab Sharqiy Germaniya uchun bahs olib borayotgan (va Germaniya davlatining qayta birlashuvidan keyin Germaniya davlati uchun) Meyning birinchi muhim yutugʻi 1983-yilning dekabr oyida boʻlgan. 19 yoshida 500 metrlik bahsda, u Andre Xoffmanndan oshib ketadi va shu tariqa, Mey Sharqiy Germaniya chempionligini qoʻlga kiritadi. Natijada, 1984-yilda Sarayevo shahrida boʻlib oʻtadigan Qishki Olimpiya oʻyinlariga yoʻllanmani qoʻlga kiritadi. U yerda, Mey oʻzining sevimli 500 metr masofasida 8-oʻrinni egallaydi.

Sarayevo Olimpiadasidan soʻng u xalqaro sprinting pastki pogʻonasidan, bosqichma-bosqich oʻsib bordi. Sprint boʻyicha Jahon Chempionatida 1985, 1986 va 1987-yillarda mos ravishda 6-, 5- va 4-oʻrinlarni egalladi.

Mey haqiqiy perfeksionist edi, mahoratini oshirish uchun juda qattiq mehnat qildi. 1980-yillarning oʻrtalarida u dunyodagi eng tez musobaqachi hisoblangan.

Sprint (yaqin masofaga yugurish) boʻyicha Jahon Chempionati unchalik ham muvaffaqiyatli boʻlmadi. 1989-yilda, Xerenvenda, Igor Jelezovskidan keyin ikkinchi oʻrinni egalladi. 1990-yilda yiqilib tushgani uchun oʻzini oʻzi reytingga kirita olmadi, 1991-yilda esa yana „Igor Dahshatli“ dan keyingi oʻrinni egalladi. 1992-yilning yanvar oyida,Davosda, u oʻzining afsonaviy jahon rekordini 36,43 ga oʻrnatdi, biroq bir haftadan soʻng, bu rekord Den Yansen tomonidan yangilandi.

Mey konkida uzoq masofaga uchish boʻyicha Olimpiadada 2 ta oltin medal, Olimpiadada 1 ta kumush medal, Jahon Chempionatida 4 ta kumush medal, 48 ta Jahon kubogi gʻalabasi, 6 ta Jahon kubogi gʻolibi va 2 ta jahon rekordi bilan nafaqaga chiqdi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Uwe-Jens Mey at SpeedSkatingStats.com