Uturgurlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Uturgurlar — ilk oʻrta asr turkiy qabilalaridan biri. Sharqiy Yevropaga koʻchib oʻtgan gunnlarning bir qismi 5-asrning 2-yarmidan utigur yoki uturgur deb atalgan. Bu davrda ular Azov dengizining sharqiy qismida koʻchib yurishgan. Ularning boshligʻi — mashhur Sandilx boʻlgan. Vizantiya U.ni ularga qardosh quturgurlarga qarshi gijgijlagan va natijada ular oʻrtasida kurash uzoq vaqt davom etib oʻzaro qirilib ketishga olib kelgan. 560 yil Uturgurlar avarlar tomonidan boʻysundirilgan. 570 yillarda ular Turk xoqonligiga qaram boʻlishgan. 630 yillarda Uturgurlar va Azov dengizi boʻyida yashagan boshqa turkiy qabilalarning avlodi Kubratxon boshchiligida Bulgʻor podsholigiga asos solingan.

Adabiyot[tahrir]

  • Artamono v M . I., Istoriya Xazar, L., 1962.